AQSh Koreya yarim oroliga atom aviatashuvchisini yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: Reuters
Koreya Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining harbiylari Koreya yarim oroliga Amerika atom aviatashuvchisining kiritilishi ehtimolini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda TASS shtablar boshliqlari qo‘mitasi vakiliga asosan xabar bergan.
«Bizning ma'lumotlarga qaraganda, avgustda Pxenyan yangi strategik fitna harakatlarini – yangi yadro sinovi yoki qit'alararo ballistik raketa parvozini amalga oshirishi mumkin», - deya aytib o‘tishgan qo‘mitada.
Harbiyning ta'kidlashicha, bu sababdan «Koreya yarim oroliga Amerikaning «Karl Vinson» yoki «Ronald Reygan» atom aviatashuvchisini kiritish imkoniyati muhokama qilinmoqda».
Avvalroq Seul Pxenyanning qit'alararo ballistik raketa texnologiyasini barpo qilganini tan olgandi.
Mavzuga oid

21:18
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

19:11
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi

17:39
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

15:45