Jahon | 19:11 / 13.03.2025
1217
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi

Prezident ma’muriyati ko‘proq mahbuslarni joylashtirish uchun qamoqxonalarni kengaytirish yo‘llarini qidirmoqda.

Foto: Reuters

Qo‘shma Shtatlardagi xorijliklarni qamoqda saqlash markazlari to‘ldi, hozir u yerda 47,6 ming kishi saqlanyapti, deya xabar berdi Reuters Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) yuqori martabali xodimiga tayanib.

Tramp ma’muriyati ko‘proq mahbuslarni joylashtirish uchun qamoqxonalarni kengaytirish yo‘llarini qidirmoqda, dedi u.

ICE Tramp prezidentlikka kelganidan beri noqonuniy migrantlarni hibsga olish jarayonini kuchaytirdi. AQSh prezidenti saylov kampaniyasi davomida ularni ommaviy deportatsiya qilishga va’da bergan edi.

Qayd qilinishicha, 20 yanvardan 10 martgacha 33 mingga yaqin kishi hibsga olingan. ICE ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 27 foizi faqat immigratsiya qonunlarini buzganlikda gumon qilinmoqda. Bayden ma’muriyati davrida ICE xodimlari 2024-moliya yilida 114 mingga yaqin noqonuniy migrantni hibsga olgan.

Dekabr oyida ICE rahbarligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan Tom Xoman AQSh yangi ma’muriyatiga ommaviy deportatsiyalar uchun hibsxonalarda kamida 100 ming o‘rin kerakligini aytgan edi. Tramp lavozimga kirishgach, Pentagon Meksika bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirish uchun 1500 askar yubordi.

Mavzuga oid