“Uyda yolg‘iz” komediyasida rol ijro etgan aktyor vafot etdi

Amerikalik aktyor kichik Jon Mettyu Xyord 72 yoshida vafot etdi.
Bu haqda TMZ marhumning oilasiga yaqin bo‘lgan manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, aktyor mehmonxonada jonsiz holda topilgan. O‘limga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.
Kichik Xyord “Uyda yolg‘iz” (1990) va “Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda adashib qolgan” komediyalaridagi oila boshlig‘i roli orqali mashhur edi.
Shuningdek, u “Uyg‘onish” (1992), “O‘t chizig‘ida” (1993), “Pelikanlar haqidagi ish” filmilarida rol ijro etgan.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27