“Tolibon”ning Qunduz viloyatidagi “gubernatori” yo‘q qilindi

“Tolibon” radikal harakatining Afg‘oniston shimoli-sharqida joylashgan Qunduz viloyatidagi “gubernatori” yo‘q qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.
Afg‘oniston shimoli-sharqiy politsiya okrugi qo‘mondoni Haliullo Ziyoning mahalliy OAVga xabar berishicha, toliblar yetakchisi Qunduz atrofiga berilgan aviazarbalar natijasida kecha kechqurun o‘ldirilgan.
"Toliblarning yashirin gubernatori va unga hamrohlik qilgan uch shaxs mashinada o‘z boshpanasi tomon ketayotgan bo‘lgan. Mavlaviy Nuriddin bilan birga, Chaharadar uyezdining sobiq maxfiy rahbari va toliblarning shimoli-sharqiy zonadagi harbiy komissiyasi raisi Zabiullo Majuriy ham yo‘q qilindi", - deya xabar bergan Ziyo.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025