Salohiddin Sharipov: “Halol luqma – inson saodatining kalitidir”

Kun.uz’ning “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida din ulamolari bilan olib borilayotgan fayzli suhbatlarni davom ettirgan holda galdagi mehmonimiz Toshkent shahridagi "Hazrati Ali" jome masjidi imom-xatibi Salohiddin Sharipov bo‘ldi. Biz u kishi bilan halol luqma va uning ikki dunyo saodatiga musharraf qiluvchi xususiyatlari haqida suhbatlashdik.
“Avvalambor luqma, yemoq-ichmoq masalasi juda muhim hisoblanadi. Shu bois dinimiz ta'limotlarida bu masalaga e'tiborsizlik qilinmagan, balki jiddiy masala qatorida qabul qilingan. Halol luqma haqda gapirishdan oldin bu luqmani kasb qilish, uni talab etish va qidirib topish masalasini yaxshi bilishimiz kerak.
Payg‘ambarimiz (s.a.v) o‘zlarining muborak hadisi shariflarida: “Ey odamlar, Alloh taologa taqvo qiling, uning azobidan qo‘rqing, mol-dunyo talab qilganingizda go‘zal yo‘l bilan talab qiling. Har bir inson o‘zining rizqini mukammal olmaguncha joni uzilmaydi. Unga belgilangan rizq biroz kechikishi mumkin, ammo baribir qo‘lga kiritadi. Shuning uchun Alloh taologa taqvo qiling va mol-dunyo talab qilishda go‘zal yo‘lni tanlang”, deb marhamat qilganlar.
Mol-davlat va luqma borasida ulug‘lar juda ehtiyot bo‘lishgan. Ular o‘z mollariga nohaq yo‘l bilan davlat aralashib qolishini yoki harom luqma kirib kelishining qayg‘usini qilishgan.
Bugungi kunda butun dunyo insonlari halol luqma kasb qilish ta'limotiga juda muhtoj. Mol-davlat bilan bog‘liq jinoyatlar odamlar hayotida eng chuqur ildiz otgan illatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Islom ta'limotlari ana shu muammolarga shifo bo‘ladi. Faqatgina bunga e'tiborsizlik bo‘lmasa bo‘ldi”.
Salohiddin Sharipov bilan o‘tkazilgan suhbat davomida mavzuga doir go‘zal rivoyatlar so‘zlandi, Qur'on oyatlari tafsiri mutolaa qilindi. Halol rizq haqiqatan ham inson saodati ekanligi ravshanlashdi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
-
Putin Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan beri birinchi marta Kursk oblastiga bordi
Jahon | 03:16
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Jahon | 00:29
-
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

17:09 / 28.02.2025
O‘zbekiston bo‘ylab 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi

16:59 / 28.02.2025