Dunyodagi eng noyob pasport haqida ma'lumot berildi

Foto: Global Look Press
Malta ordeni bilan beriladigan shaxs guvohnomasi dunyodagi eng noyob pasport maqomini oldi. Daily Star nashri shu haqdagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Rim-katolik cherkovi diniy ordenining Buyuk Magistri, Buyuk qo‘mondon va Buyuk kansler shunday pasport egalaridir.
Qator mamlakatlar shaxsni tasdiqlovchi bunday guvohnomani tan olishmaydi. Buyuk Britaniya, AQSh, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Finlyandiya kabilar shular jumlasidandir. Rossiya bunday pasportlarni tan oladi va orden bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan.
Malta ordeni dunyodagi eng qadimiy ritsarlik ordeni hisoblanadi (1048 yilda asos solingan). U Italiya hamda Malta hududida joriy qilingan. Orden xayriya faoliyati, xususan butun dunyo bo‘ylab tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid

12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda

17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi

17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi

18:21 / 13.08.2024