Kuvayt Qatarga yordam berishga tayyor

Foto: RIA "Novosti"
Qatarning Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan inqirozini diplomatik muzokaralar yo‘li bilan tartibga solish kerak. Kuvayt TIV rahbari Shayx Sabah Al-Xolid shunday bayonot bilan chiqdi. "Anadolu" shu haqida xabar berdi.
Sabahning so‘zlariga ko‘ra, Doha va qator arab mamlakatlari o‘rtasidagi tushunmovchilikni "muammolarni mintaqadan tashqariga olib chiqmagan holatda", diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerak.
"Kuvayt yuzaga kelgan tushunmovchiliklar sabab, qatarlik birodarlarining barqarorligi va xavfsizligini ta'minlash uchun yordam berishga tayyor", - dedi Kuvayt TIV rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kuvayt mintaqadagi ziddiyatni bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.
Mavzuga oid

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

15:25 / 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

14:44 / 18.02.2025