Taniqli siyosatshunos Zbignev Bjyezinskiy vafot etdi

Foto: Vikipediya
AQShda 39-prezident Jimmi Karterning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi, taniqli siyosatshunos Zbignev Bjyezinskiy 89 yoshida vafot etdi.
Bu haqda uning qizi Mika xabar bergan.
«Mening otam bugun kechqurun olamdan o‘tdi», - deya yozdi u Instagram’da.
Bjyezinskiy milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimini 1977-1981 yillarda egallagan.
So‘nggi yillarda Vashingtondagi xalqaro va strategik tadqiqotlar Markazi kuzatuv kengashi hamraisi edi.
Bjyezinskiy «Buyuk shaxmat taxtasi: Amerikaning yetakchiligi va uning geostrategik talablari» kitobi muallifi edi.
Mavzuga oid

11:02
AQSh Ta’lim vazirligi xodimlarining deyarli yarmini qisqartiradi

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025