Afg‘onistonda avtomobil portlashi tufayli «Tolibon»ning 10 jangarisi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Qandahor viloyati hududida avtomobil minaga tushib portlab ketishi oqibatida «Tolibon» harakatining 10 nafar jangarisi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligiga asoslangan holda Khaama Press agentligi xabar tarqatdi.
Hodisa 13 may kuni Nish tumanida ro‘y bergan, yo‘l chetiga ko‘milgan mina portlagan.
Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, shu kuni Mayvand tumanida olib borilgan maxsus amaliyot oqibatida 6 jangari jarohatlangan va 2 kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025