Qozog‘iston dashtida Kaspiy tyuleni topildi
Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati aholisi dasht hududlarda Kaspiy dengizida istiqomat qiluvchi tyulen bolasiga duch kelishdi. Jonivorni videoga olib, Instagram sahifasiga joylashtirgan erkakning so‘zlariga ko‘ra, hayvonni uchratgan joyidan dengizgacha bo‘lgan masofa 30 kmlar keladi, deb yozmoqda "Lada" gazetasi.
Bu borada fikr bildirgan mutaxassislar turlicha qarashlarni bildirishmoqda. Ularning ayrimlari, tyulen bolasi dengizning kuchli ifloslanganligi uchun yashash joyini tark etishga majbur bo‘lgan desa, boshqalari ularni odamlar dashtda qoldirayotganini taxmin qilishgan.
Nashrning aniqlik kiritishicha, bu so‘nggi bir necha kun mobaynida uchinchi tyulenning aniqlanishi. Avvalroq, ikkita tyulen Qorajonbosh — Qalamqosh trassasi hamda Shimoliy Bo‘zachi konida topilgan.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025