AQShda abortga qarshi 200 dan ortiq namoyish bo‘lib o‘tdi

Foto: Reuters
11 fevralda AQShda abortga qarshi 200 dan ortiq namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda namoyishlar tashkilotchilari ma'lum qilishdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 45 shtatda 225 ta namoyish bo‘lib o‘tgan. Namoyishlar oilani rejalashtirish tashkiloti Planned Parenthood idoralari yaqinida o‘tgan.
Namoyishchilarning aytishicha, bu tashkilot yiliga 300 mingga yaqin abort o‘tkazadi va bunga soliq to‘lovchilarning yarim milliard dollarga yaqin puli sarflanadi. Namoyishlar ishtirokchilari ushbu tashkilotni davlat tomonidan moliyalashtirilishdan mahrum qilishni talab qilishgan. Tashkilot tarafdorlari esa tashkilot ko‘rsatadigan xizmatlarning kichik qismi abortlarni tashkil qilishini ta'kidlab, moliyalashtirilish saqlanib qolishini talab qilishmoqda.
AQShda abort qilish 1973 yildan beri qonuniy hisoblandi. Shunga qaramay, AQShda abortlarga qarshi faol harakat mavjud. Rahbariyati konservativ respublikachilarni tashkil qiladigan bir qator shtatlarda abortlarni ancha cheklovchi qonunlar qabul qilingan.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025