MRB direktori Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar borasida fikrlarini aytdi

Foto: AP
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi butun dunyo miqyosida xavfsizlikni ta'minlash uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bunday fikrni AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennan bildirdi.
U Rossiya va AQSh o‘rtasidagi keskinlikning joriy davrini yengib o‘tish tarafdori ekanligini tasdiqladi. Brennan uning fikricha yangi sovuq urush haqida gapirishga asos yo‘qligini aytdi. MRB direktori buni PBS telekompaniyasi boshlovchisi Judi Vudraffning gap G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi yangi sovuq urush haqida borayotgani borasida bergan savoliga javoban aytgan.
"Men keyingi bir necha yilga boqib, Moskva va Vashington o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishiga umid qilaman, chunki global barqarorlik uchun AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshiroq bo‘lishi juda muhimdir. Shuning uchun men buni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman", deb ta'kidlab o‘tdi Brennan.
Brennanning fikricha, hokimiyatga Donald Tramp boshchiligidagi yangi ma'muriyatning kelishi haqiqatan ham Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga imkon berishi mumkin.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

13:01