Dunyo bo‘ylab eng ko‘p kiriluvchi 15 sayt nomi ma'lum qilindi

Foto: LinkedIn
Alexa dunyodagi eng qadimiy va nufuzli tahlil kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ekspertlari sutkalik o‘rtacha auditoriya hamda sahifalarning so‘nggi uch oydagi ko‘rilishidan kelib chiqib, saytlarni baholaydi. Reyting tuzishdan avval butun dunyo bo‘ylab 30 million resurs ma'lumotlari tahlil qilib chiqiladi. Hi-tech-mail.ru nashri Alexa reytingi haqida ma'lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, bugungi kunda eng ko‘p kiriladigan sayt - Google.com.
Uning hind versiyasi - yettinchi pog‘onada, yapon versiyasi esa - o‘n birinchi o‘rinda. Darvoqe, Xitoyning Baidu qidiruv sayti mazkur ro‘yxatning to‘rtinchi, Wikipedia erkin ensiklopediyasi esa - beshinchi o‘rnidan joy oldi.
Quyida eng ko‘p kiriladigan saytlarning umumiy reytingi taqdim etiladi:
1. Google.com
2. Youtube.com
3. Facebook.com
4. Baidu.com
5. Wikipedia.org
6. Yahoo.com
7. Google.co.in
8. Twitter.com
9. Amazon.com
10. Qq.com
11. Google.co.jp
12. Live.com
13. Taobao.com
14. Vk.com
15. Instagram.com
«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i Alexa reytingida avval 21-o‘rinda qayd etilgandi, endilikda u yetti pog‘onaga ko‘tarildi va ro‘yxatning 14-o‘rnidan joy oldi.
Mavzuga oid

00:27 / 09.02.2025
Ijtimoiy tarmoqlar yolg‘izlikni kuchaytiradi - olimlar

19:33 / 01.02.2025
Turkiyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanadi

20:16 / 29.01.2025
Kun.uz – O‘zbekistonda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan OAV

16:36 / 24.01.2025