Obama Kubaga qarshi savdo embargosini bir yilga uzaytirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Kubaga qarshi savdo embargosini 2017 yil 14 sentabrgacha uzaytirish haqidagi hujjatni imzoladi, deb xabar bermoqda W Radio.
"Mening fikrimcha, Kubaga qarshi embargo amal qilishi muddatining yana bir yilga uzaytirilishi AQSh milliy manfaatlariga mos keladi", deb aytdi Obama.
Ta'kidlanishicha, bu qaror "Dushman bilan savdo haqidagi qonun" doirasida qabul qilingan.
Avvalroq AQShning sanksiyalari Kubaga yiliga 4,6 mlrd dollar ziyon keltirayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

13:01