Turkiyaning Elyazig shahridagi terakt tufayli jabrlanganlar soni 170 nafarga yetdi

Turkiya sharqidagi Elyazig provinsiyasida yuz bergan kuchli portlash tufayli jabrlanganlar soni 170 nafarga yetdi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bu politsiya mahkamasi yaqinida ro‘y bergan portlash tufayli halok bo‘lganlar soni - 6 nafar.
Bundan oldingi xabarlarda Turkiyada 12 soat ichida sodir etilgan ikkinchi portlash tufayli 3 kishi halok bo‘lgani va 146 kishi jarohatlangani aytilgandi.
Portlash erta tongda politsiya xodimlari ish joylariga kirib kelayotgan vaqtda mashinaga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan.
Manbalarda bu terakt Kurdiston ishchilar partiyasi tomonidan sodir etilgani aytilgan. Partiya hozircha portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Eslatib o‘tamiz, 17 avgustning ikkinchi yarmida Turkiyaning Van provinsiyasida yuz bergan portlash natijasida uch kishi halok bo‘lib, yana 71 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid

10:11 / 15.02.2025
G‘ijduvonda yana bir uy portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbon bor

10:18 / 13.02.2025
G‘ijduvonda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi

17:36 / 25.01.2025
Qozog‘istondagi neft bazasida portlash sodir bo‘ldi

18:40 / 05.01.2025