Delta Airlines 9 avgustdagi deyarli 250ta reysni bekor qildi

Arxiv surat / avia.pro
Amerikaning Delta Airlines aviakompaniyasi 9 avgust, seshanba kuni tizimdagi nosozliklarni bartaraf etishga doir ta'mirlash ishlari tufayli taxminan 250ta reysni bekor qildi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi.
"Delta aviakompaniyasi tizim faoliyatini qayta tiklash ishlari tugagunga qadar 250ta reysini bekor qiladi", - deyiladi xabarda.
8 avgust kuni Delta Airlines aviakompaniyasining kompyuter tizimida uzilish sodir bo‘ldi. Bunga Atlantada elektr quvvatining ketib qolganligi sabab sifatida keltirildi. Yo‘lovchi tashuvchi 8 avgust kuni butun dunyo bo‘ylab deyarli mingta reysini bekor qilgan.
Reyslarning bekor qilinganligi va ushlanib qolinganligi uchun Delta Airlines barcha yo‘lovchilariga aviakompaniya reyslar to‘lovida qo‘llash mumkin bo‘lgan 200 dollarlik vaucherlarni va'da qildi.
Mavzuga oid

18:07 / 17.02.2025
“O‘zbekiston yozuvli pasportim uchun reysga qo‘yishmadi” – Wizz Air o‘zbek talabani bortga chiqarmagan

14:32 / 01.02.2025
"Turkmaniston" aviakompaniyasi Rossiyaga reyslarni martgacha bekor qildi

18:22 / 28.01.2025
UzAirways'ning Toshkent–Nyu York reysida chaqaloq tug‘ildi

19:33 / 19.01.2025