OpenAI DeepSeek tufayli o‘zining yangi sun’iy intellekt modelini muddatidan oldin taqdim etadi

Fan-texnika 02:48 354

OpenAI kompaniyasi o‘zining yangi sun’iy intellekt modelini belgilangan muddatdan oldin taqdim etadi. Wired jurnaliga ko‘ra, bu Xitoyning DeepSeek kompaniyasining R1 modeli muvaffaqiyati fonida amalga oshirilmoqda.

«OpenAI yangi modelini muddatidan oldin taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu o3-mini modelidan ham API, ham chatbot uchun taqdim etiladi. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, u ancha tez va aqlli bo‘lib, DeepSeek’ni sindirish qilish uchun yaratilgan», — deb yozadi nashr.

Wired’ning qayd etilishicha, Xitoy kompaniyasining muvaffaqiyati OpenAI xodimlari e’tiborini tortgan. OpenAI ichida DeepSeek’ning ommaviy muhokamasi fonida kompaniya yanada samaraliroq ishlashi kerakligi, aks holda u o‘zining yangi raqobatchisidan qolib ketishi mumkinligi to‘g‘risida fikr shakllangan.

2025 yil 20 yanvarda DeepSeek o‘zining DeepSeek-R1 va DeepSeek-R1-Zero kabi innovatsion modellarini taqdim etdi. Ushbu modellar 671 milliard parametrga ega bo‘lib, yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Model boshqa yirik modellar bilan solishtirganda 11 barobar kamroq hisoblash quvvatini talab qiladi. Tahlilchilarga ko‘ra, DeepSeek R1 barcha asosiy mezonlarda OpenAI'ning ChatGPT o1 modelini ortda qoldirgan. Bundan tashqari, u mutlaqo bepul va API bilan ishlash bir necha baravar arzon.

Avvalroq OpenAI dasturchi kompaniyasi vakillari DeepSeek sun’iy intellekt kompaniyasini o‘g‘irlikda ayblagandi. Texnik mutaxassislarga ko‘ra, gap modellarni tayyorlash uchun zarur vosita bo‘lgan «distillash» deb ataladigan vosita haqida ketmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: