O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbari shayx Hamud Muborak al-Hamud al-Jobir as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Kuvayt aviatsiya tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shayx Hamud Muborak al-Hamud joriy yilning 24 oktyabr kuni Malayziyada bo‘lib o‘tgan IKAO yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi delegatsiyasi bilan bo‘lgan samarali uchrashuvi natijalarini e’tirof etdi. Uning aytishicha, Kuwait Airlines aviakompaniyasining samolyotlar parkini kengaytirish maqsadida 2025 yilda "Al-Kuvayt-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘z navbatida, so‘nggi yillarda viza rejimi soddalashtirilishi natijasida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan Kuvayt fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi amal qilayotgani ham Kuwait Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchilari sonining ortishiga turki bo‘lishi qayd etildi.
Muzokaralar natijasida, Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi va O‘zbekistonning tegishli idoralari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.