Muloqot chog‘ida Pokistonning Balujiston viloyati bilan O‘zbekiston hududlari o‘rtasida o‘zaro savdo hajmlarini oshirish, qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish, yetakchi sohalarda o‘zaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Tomonlar 2024 yilni sarhisob qilib, kelgusi yilda tovar aylanmasini oshirish mexanizmlari, jumladan bir-biriga yetkazib berayotgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish shartlarini kelishib oldilar.
Onlayn uchrashuv davomida, shuningdek, "Gvadar" porti imkoniyatlaridan foydalanish hamda sayyohlik, xususan ziyorat turizmi sohasidagi aloqalarni jadal rivojlantirish hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
2025 yil yanvar oyida Islomobodda uchrashish, O‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan onlayn muzokaralar o‘tkazish tomonlarning ish jadvaliga kiritildi.