Meloni: RF migratsiyadan YeIga putur yetkazish uchun foydalanishi mumkin

Jahon 15:02 1564

Rossiya nafaqat harbiy sohada, balki Moskva Yevropa hamjamiyatining birligini buzish uchun noqonuniy migratsiya va boshqa mexanizmlardan foydalanishi mumkinligi sababli ham YeI xavfsizligiga katta tahdid solmoqda. Bu haqda 22 dekabr, yakshanba kuni Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirdi.

Finlandiya Shimoliy va O‘rta Yer dengizi mintaqalaridagi xavfsizlik va Janubiy Yevropadagi migratsiya masalalarini muhokama qilish uchun Italiya, Shvetsiya va Gretsiya rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallasni shimoliy Laplandiyada qabul qildi.

«Xavf biz tasavvur qilganimizdan ancha kengroq»

«Biz tahdid tasavvur qilganimizdan ancha kengroq ekanligini tushunishimiz kerak», dedi Meloni matbuot anjumanida.

Uning fikricha, Ukrainadagi urush tugaganidan keyin Rossiyadan YeI xavfsizligiga tahdid yo‘qolmaydi va Bryussel bunga tayyor bo‘lishi kerak.

«Gap demokratiyamiz, jamoatchilik fikriga ta’siri haqida ketyapti, bu Afrikada sodir bo‘layotgan narsalar, xomashyo, migratsiya vositalari bilan bog‘liq, biz xavfsizlik tushunchasi juda keng ekanligini tushunishimiz kerak», dedi Italiya vazirlar mahkamasi rahbari.

Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson, o‘z navbatida, noqonuniy migratsiya Yevropaning shimoli va janubi uchun umumiy muammo ekanini aniqlashtirdi.

RF TIV Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirgan GFR elchisini tanqid qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniyaning Moskvadagi elchisi Aleksander Lambsdorffning Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirgan bayonotini tanqid qildi. Tegishli yozuvni 15 dekabr kuni Telegramʼda idora vakili Mariya Zaxarova qoldirgan.

Moskva Germaniyani Ukrainadagi «mojaroning faol kuchlaridan biri» deb atadi. Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Rojdestvo sulhini rad etdi» — «Rossiya bir necha bor Kiyevga olib ketishni taklif qilgan ukrainalik harbiy asirlarni ham bir necha bor rad etganidek».

«Tinchlik muzokaralari Ukraina tomonidan Buyuk Britaniya va AQSh bosimi ostida to‘sib qo‘yildi», dedi Zaxarova. «O‘lim uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’uliyat kollektiv G‘arb zimmasiga yuklanadi, u qurol-yarog‘ bilan qon to‘kilishini davom ettirishni rag‘batlantiryapti», — dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: