O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalar IPO o‘tkazadi. NKMKning 5 foizgacha, OKMKning 7 foizgacha aksiyasi sotuvga qo‘yiladi

Iqtisodiyot 16:11 / 27.04.2024 6075

“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 7 ta yirik kompaniyadagi davlat ulushlari pofessional konsultantlarni jalb qilgan holda, 2025 yilning oxirigacha xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladi:

  • “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
  • “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ
  • “O‘zbekinvest EISK” AJ
  • “O‘zagrosug‘urta” AJ
  • “Inter Hotel” MChJ
  • “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ
  • “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ

Bundan tashqari, gigant kompaniyalar bo‘lmish Navoiy va Olmaliq kon metallurgiya kombinatlari, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom” AJ aksiyalarining 5 foizgacha qismi birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali 2025 yil oxirigacha xalqaro fond bozorlariga chiqariladi.

Avvalroq yuqoridagi qaror bilan bir kunda imzolangan boshqa bir qaror asosida, 12 ta yirik korxonadagi davlat ulushining bir qismi ommaviy savdoga chiqarilishi haqida xabar berilgandi. Bu ikki qarorni birlashtirib aytganda, OKMK, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom”ning 2 foiz ulushi mahalliy fond bozorida, 5 foizgacha ulushi esa xorijiy fond bozorida sotuvga qo‘yiladi.

IPO nima?

IPO (ingliz tilidan olingan – Initial Public Offering) – aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. Ya’ni aksiyalarning cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi va dastlabki taklif qilinishidir. IPO’ni o‘tkazishdan asosiy maqsad – korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilish hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: