Saudiya Arabistoni Haj mavsumida uchar taksi va dronlarni sinovdan o‘tkazadi

Jahon 22:09 / 09.05.2024 6789

Saudiya Arabistoni transport va logistika xizmatlari vaziri Solih al-Josir so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi Haj mavsumida uchar taksi va dronlar sinovdan o‘tkaziladi.

«Hozir turli transport kompaniyalari o‘rtasida kelgusi yillarda amaliy mahsulot taqdim etish uchun raqobat kuchaydi», dedi Al-Jossir.

Bu soha asta-sekin rivojlanib borar ekan, vazir ushbu yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishish va ularni amalga oshirishning eng yaxshi yo‘llarini topish zarurligini ta’kidladi.

«Demak, biz bu xizmatlardan bahramand bo‘lishimiz va Haj mavsumida ulardan foydalanib qolishimiz kerak», dedi u.

Islomning besh arkonidan biri bo‘lgan Haj mavsumida Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka shahriga har yili ziyorat qilinadi. Bu odatda Zulhijja oyining 8-13-kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi va butun dunyo musulmonlari uni nishonlash uchun Makkaga yig‘iladi. Bu yilgi Haj mavsumi 14 iyun kuni boshlanishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: