NASA ulkan asteroidning Yerga yaqinlashishini ko‘rsatdi (video)

Jahon 19:10 / 19.08.2017 31603

NASA koinot agentligi kuzatuvlar olib borishni boshlagandan beri qayd qilingan eng katta asteroid sayyoramizga 1 sentabrda yaqinlashadi.

NASA’da ta'kidlanishicha, “Florens” deb nomlangan bu samo jismi Yerga xavf solmaydi. Koinot agentligi ushbu asteroid parvozi trayektoriyasini ko‘rsatuvchi videorolik chiqardi.

Diametri 4,5 km keladigan asteroid sayyoramizdan 7 mln km naridan uchib o‘tadi. U Yer bilan keyingi marta 500 yildan keyin yaqinlashadi.

Ko‘proq yangiliklar: