Mahalliy davlat hokimliklari yuridik xizmatiga taklif etadi

O‘zbekiston 21:50 / 16.08.2017 6697

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2733-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar bazasi yaratildi.

Hozirda ushbu bazaga mahalliy davlat hokimiyati organlarida jami 23 nafar bo‘sh ish o‘rini mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritilgan.

Bo‘sh ish o‘rinlarining ro‘yxati quyida keltirilmoqda.

Ishga kirish uchun ushbu vakant ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tegishli mahalliy davlat organlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki hududiy Adliya organlariga murojaat etishingiz mumkin.

Bu masalada adliya organlariga murojaat etilganda vakant ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilish to‘g‘risida tavsiya kiritiladi.

Ko‘proq yangiliklar: