Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

O‘zbekiston 09:14 / 26.04.2024 3143

“Hududgazta’minot” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
aholi iste’molchilari — “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, Ts-mavze, “Ko‘tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, “2-Qatortol”, “Yakkabog‘”, “Qozirabod”, “Tirsakobod”, “Mehrijon”, “Katta Xirmontepa” MFYdagi 1963 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 6858 ta xonadon;
ulgurji iste’molchilar — hududdagi 68 ta ulgurji iste’molchilar.

Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
aholi iste’molchilari — “Tepa Qo‘rg‘on”, “Ko‘xna Cho‘pontepa”, “Bog‘obod”, “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFY, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari ko‘p qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon;
ulgurji iste’molchilar — hududdagi 76 ta ulgurji iste’molchilar.

Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
aholi iste’molchilari — “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon;
ulgurji iste’molchilar — 10 ta.

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha):
aholi iste’molchilari — “Qizg‘aldoq” MFYdagi 260 ta xonadon;
ulgurji iste’molchilar — 4 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: