Ruslarning 53 foizi ayni damda mamlakat uchun harbiy tahdid yo‘q, deb hisoblamoqda

Jahon 17:43 / 22.06.2017 7025

Rossiyaliklarning aksariyati mamlakat uchun ayni damda harbiy tahdid yo‘q, degan fikrda. Agarda jangovar harakatlar baribir boshlanadigan bo‘lsa – ular lokal ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu haqda «Izvestiya» Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi so‘roviga asosan xabar bermoqda.

Shuningdek ta'kidlanishicha, har ikkinchi respondent rus armiyasi dushmanga munosib javob qaytarishiga ishonchi komil ekanini aytgan.

Iyun oyida Rossiyaga hujum uyushtirilishi ehtimolini istisno etmagan fuqarolar foizi 38 foizga tushdi, ulardan 48 foizi lokal mojaroni kutmoqda, 41 foizi esa – globalni, deb xabar qiladi nashr.

Ko‘proq yangiliklar: