Tailand janubidagi mehmonxonada portlash yuz berdi

Jahon 11:14 / 24.08.2016 5781

Tailand janubida joylashgan Pattani shahridagi mehmonxonada portlash yuz berdi. Bu haqda Mirror xabar bergan.

Qayd etilishicha, portlash oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lib, 30 kishi jarohatlangan. Ularning 18 nafari og‘ir ahvolda.

Xabarda aytilishicha, bu hudud sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joy bo‘lgan.

Portlashdan keyin hududda yong‘in boshlangan. Aniqlik kiritilishicha, avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushirilgan.

Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: