Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «yashil iqtisodiyot» loyihasi uchun Jahon banki 46,25 mln AQSh dollari ajratadi
2023-2028 yillar davomida Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash (iCRAFT) loyihasi amalga oshiriladi.

Foto: Getty Images
«Jahon banki ishtirokida «Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Unga muvofiq, 2030 yilgacha «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va «yashil o‘sish»ni ta’minlash dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning kam uglerodli rivojlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda «Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash» (iCRAFT) loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu maqsadda Jahon banki 46,25 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi.
Loyiha 2023-2028 yillar davomida respublika miqyosida amalga oshiriladi.
Buning uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan «Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi» loyiha ofisi Jahon banki tomonidan qo‘shimcha texnik ko‘mak sifatida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 7 ta shtat birligiga kengaytiriladi va loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.
«Yashil iqtisodiyot» onlayn platformasi tashkil etilib, ushbu platforma doirasida issiqxona gazlari reyestri yaratiladi. Monitoring, hisobot va tekshirish (MRV) tizimi bo‘yicha yig‘iladigan ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Qarorga ko‘ra 2024 yil 1 iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda iqtisodiy faoliyat turlarini ekologik jihatdan tasniflash imkoniyatini beruvchi «yashil taksonomiya» tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

11:47 / 29.06.2025
Eco Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasi doirasida 120 dan ortiq kelishuv imzolandi

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

09:55 / 21.05.2025