Toshkent jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

O‘zbekiston 11:02 / 03.06.2023 6900

Xizmat safarining ilk kunida vazir Seul shahar ma’muriyati qoshida tashkil etilgan transport ma’lumoti xizmatiga tashrif buyurib, shahar transport tizimini operativ boshqaruv faoliyati, haydovchisiz harakatlanayotgan transport vositalarining pilot loyihalari hamda real vaqt rejimida transport va yo‘l ma’lumotlarini tahlil qilib borish imkoniyatlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi safar davomida, Seul shahri jamoat transporti sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi islohotlar, xususan, shaharda joriy etilgan avtobus yo‘laklari (BRT), integrallashgan elektron to‘lov (T-Money) tizimi, daromadlarni tashuvchilar o‘rtasida taqsimlashda Pool tizimi, jamoat transport infratuzilmasida aholining zaif qatlamlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishadi.

Bugungi kunda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida, xorijiy ekspertlar ishtirokida Toshkent shahri jamoat transporti tizimini isloh qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Aynan mazkur jarayonda Janubiy Koreya tajribasi asosida shahar transport tizimini rivojlantirish borasida eng maqbul yechimlarni amalda qo‘llash ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: