ASUS’dan hayratlanarli yangilik - Zenbook S 13 OLED noutbuki

Fan-texnika 17:00 / 31.05.2023 62554

ASUS o‘zining 13,3 dyuymli dunyodagi juda yupqa - Zenbook S 13 OLED noutbukini taqdim etdi. 13,3 dyuymli OLED displeyga ega o‘ta yupqa ultraportativ noutbuk butun Zenbook seriyasidagi ekologik model bo‘lib, o‘zining kichik hajmi va vazniga qaramay yuqori unumdorlikni ta’minlaydi.

Bugungi davrning yuqori intellektli aholisi o‘z noutbuklarini qanday tasavvur qilishadi?

Zamonaviy odamlarda noutbuk smartfon kabi ajralmas zaruratga aylangan. Muntazam ravishda undan foydalanuvchilar uning ixcham, qulay va ko‘p vaqt xizmat qilishini xohlashadi. ASUS o‘z foydalanuvchilari uchun bu imkoniyatni yaratdi. Zenbook S 13 OLED – aynan siz kutgan modeldagi noutbuk.

Uning 1 sm yupqalikdagi korpusi bor-yo‘g‘i 1 kg og‘irlikka ega. Bu jihati bilan Zenbook S 13 OLED dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi. Zenbook seriyasidagi mazkur model ayni vaqtda betakror ikki xil rangda taqdim etilmoqda: kulrang (Basalt Gray) hamda ko‘k klassik (Ponder Blue) ranglarda.

Basalt Gray – alyuminiyni innovatsion usulda qayta ishlash jarayonida vujudga kelgan kamyob rang hisoblanadi. Bu jihati bilan Zenbook seriyasining haqiqiy ekologik modeli maqtovga sazovor.

Yangi noutbukda faqat ustki qoplamalar emas, klaviatura qopqoqlari ham qayta ishlangan plastmassadan, dinamiklar esa dengiz chiqindilarining qayta ishlanishidan vujudga kelgan.

Ultrayupqa va yengil noutbuk bilan oson ishlang!

Zenbook S 13 OLED’ning foydaliligi uning ixcham korpusini ishlashdan boshlangan. Chunki noutbuk qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan.

Zenbook’ning maksimal samarador yangi versiyasi 13-avlod Intel Core i7 protsessori, 32 GB LPDDR5 operativ xotiraga ega. 63 Vt batareya esa quvvatning so‘nmas manbaiga aylangan.

Noutbuk displeyi FHD IR kamerani o‘ziga olgan va ultra yupqa, maxsus ishlab chiqilgan OLED paneli bilan mustahkamlangan. Innovatsion dizayn yechimlari qurilmaning xavfsiz va hashamatliligini ta’minlaydi. Yengil magniy-alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan klaviatura esa korpus mustahkamligini oshiradi va yengillashtiradi. Sensorli panel esa yupqa shisha qoplama bilan jihozlangan. Noutbuk:

-        14 soatgacha avtonom rejimda video ko‘rish imkoniyati;

-        Qizib ketmaydigan;

-        Chidamli korpus, korroziyaga uchramaydigan;

-        Sinovdan o‘tgan – AQShda MIL-STD-810H standartlari, 12 usul va testlar uning ishonchli ekanini tasdiqladi;

-        Kamera va ovoz tiniqligi;

-        Takomillashgan WiFi 6E texnologiyasi bilan jihozlangan.

ASUS bilan sayyoramiz uchun g‘amxo‘rlik

ASUS kompaniyasi Zenbook S 13 OLED (UX5304) sotuvini boshlash arafasida yutuqli o‘yin e’lon qiladi. Bir oy davomida har haftada 3 tadan esdalik sovg‘alari yutib olish mumkin. O‘yinning final bosqichida esa super-sovg‘a – ASUS’dan ekologik toza Zenbook S 13 OLED noutbuki o‘ynaladi. Havola orqali o‘yinda ishtirok etib, ona sayyoramiz uchun g‘amxo‘rlik qiling.

Ma’lumot o‘rnida: ASUS innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, unda 5000 dan ortiq oliy toifali mutaxassislar faoliyat olib boradi. ASUS qurilmalari mukammallik, innovatsiya va dizayn borasida har kuni o‘ndan ortiq foydalanuvchidan rag‘batga ega bo‘ladi.

 
Ko‘proq yangiliklar: