AQSh Xitoyni qiruvchi samolyotining agressiv harakatida aybladi

Jahon 11:45 / 31.05.2023 8804

AQSh Xitoyni XXR harbiy samolyotining Janubiy Xitoy dengizi uzra “haddan tashqari agressiv” manyovr qilganlikda aybladi. 30 may, seshanba kuni AQSh armiyasining Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, Xitoyning Shenyang J-16 qiruvchi samolyoti Amerikaning Boeing RC-135 razvedka samolyotining “to‘g‘ridan to‘g‘ri oldidan” uchib o‘tgan. 

Natijada AQSh harbiy-havo kuchlari samolyoti Xitoy qiruvchi samolyotining parvoz yo‘nalishiga o‘ti ketgan. AQSh harbiylari o‘z samolyotlarini tutib olish uchun bunday manyovrni "noprofessional" deb atadi.

"Qo‘shma Shtatlar xalqaro qonunlar ruxsat bergan joyda xavfsiz va mas’uliyatli tarzda parvoz qilish, suzib yurish va boshqa harakatlarni davom ettiradi, Qo‘shma Shtatlar Hind-Tinch okeani mintaqasidagi birlashgan kuchlar kemalar xavfsizligini hisobga olgan holda, xalqaro havo bo‘shlig‘ida parvoz qilishni davom ettiradi. Biz Hind-Tinch okeani mintaqasidagi barcha mamlakatlar xalqaro huquqqa muvofiq havo hududidan xavfsiz foydalanishini kutamiz", - deyiladi idora bayonotida.

AQSh Mudofaa vazirligi kecha Xitoy Qo‘shma Shtatlarning shu hafta Singapurda bo‘lib o‘tadigan "Shangri-La muloqoti" yillik xavfsizlik forumi davomida ikki davlat mudofaa vazirlari uchrashuvini o‘tkazish haqidagi iltimosini rad etganini ma’lum qildi. Pentagon, shunga qaramay, "Xitoy Milliy-ozodlik armiyasi bilan ochiq aloqa liniyalarini qidirishni davom ettirishga" va’da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: