JAR BRICS sammiti ishtirokchilariga diplomatik daxlsizlik taqdim etadi

Jahon 16:52 / 30.05.2023 6665

JAR hukumati BRICS guruhi davlatlari rasmiylarining yaqin oylarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki uchrashuvi ishtirokchilariga diplomatik immunitet beradi. Qaror hukumat gazetasida e’lon qilindi, deya bunga e’tibor qaratgan Bloomberg.

1-2 iyun kunlari Keyptaunda to‘planadigan BRICS tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi ishtirokchilariga daxlsizlik amal qiladi. 

Shuningdek, u 22-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan BRICS davlat rahbarlari sammiti ishtirokchilariga taqdim etiladi.

BRICS davlatlararo assotsiatsiya bo‘lib, besh davlatning ittifoqidir: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR.

Ko‘proq yangiliklar: