O‘zbekiston va Misr ishbilarmonlari biznes kengashi tuziladi

Iqtisodiyot 08:44 / 07.02.2023 1060

Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr biznes vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari muhokama etildi.

Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Misr ishbilarmonlari biznes kengashini tuzish taklifi bildirildi. Dastlabki bosqichda Misr tomoni ikki muhim jabha - farmatsevtika va to‘qimachilik sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar o‘rtasida ehtiyoj yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – sitrus mevalar, za’faron va quruq mevalar savdosini tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratishdi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Misr ishbilarmonlari o‘rtasida delegatsiyalar almashuvini ko‘paytirish, tadbirkorlar o‘rtasida muzokaralar tashkil etish, ikki mamlakatda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma va yarmarkalarda biznes vakillarining ishtirokini ta’minlashga kelishib olindi.

Misr Ishbilarmonlar uyushmasi 1979 yilda tashkil etilgan. U 18 qo‘mitadan iborat. Uyushma sanoat, qishloq xo‘jaligi, bank va moliya, energetika, ekologiya, axborot texnologiyalari, ko‘chmas mulk, turizm, fuqaro aviatsiyasi, transport, import-eksport va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan 500 nafar biznesmenni hamda 1300 ta yirik kompaniyalarni o‘z atrofiga birlashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: