AQSh moliya vazirligi: Rossiya neftining narxi 60 dollar qilib belgilanadi 

Jahon 22:09 / 01.12.2022 5528

Rossiya neftining eng yuqori narxi bir barrel uchun 60 dollar bo‘ladi va kelajakda uning qiymatini o‘zgartirish imkoniyati ham saqlab qolinadi. 

Bu haqda AQSh moliya vazirligi xabar berdi. Shu bilan birga, departamentning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi ham «Polshaning e’tirozlariga qaramay», 5 dekabrga qadar Rossiya neftiga yakuniy narx chegarasini kelishib oladi. 

«Biz 60 dollardan boshlaymiz va vaqt o‘tishi bilan Rossiya daromadlarini cheklash uchun narxning yuqori chegarasini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz», dedi Moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyyemo onlayn konferensiyada. Uning so‘zlariga ko‘ra, narx darajasini qayta ko‘rib chiqish «vaqti-vaqti bilan» amalga oshiriladi. 

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya neftining bir barreli uchun 60 dollardan ko‘p bo‘lmagan yuqori chegarani kelishib olgani, biroq, Polsha bunday narxni yuqori deb hisoblab, rozi bo‘lmagani haqida xabar berilgan edi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu tashabbusni izohlar ekan, Rossiya o‘z manfaatlariga zid ravishda xorijga hech narsani sotmasligini aytgan. 

Ko‘proq yangiliklar: