Ukrainada elektr ta’minoti barqarorlashyapti

Jahon 08:07 / 28.11.2022 3748

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi energetika infratuzilmasi obektlariga yangi keng ko‘lamli hujumlarni tayyorlayotgani sababli, kelayotgan hafta «avvalgi hafta kabi qiyin bo‘lishi mumkin». 

«Biz buni aniq bilamiz. Ularda hali raketalar bor ekan, afsuski, tinchlanishmaydi», deb ma’lum qildi Zelenskiy.

Bundan oldin ozod qilingan Xersonda elektr energiyasini yetkazib berish qayta tiklangandi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko ma’lum qildi. 

«Va’da berganimizdek - biz buni bir haftadan sal ko‘proq vaqt ichida amalga oshirdik. Birinchi navbatda shaharning muhim infratuzilmasini, so‘ngra darhol maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaymiz», - deb yozadi u Telegram-kanalida. 

Timoshenko Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati («GSChS»), politsiya, elektrchilar va mahalliy hokimiyat xodimlariga bajarilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: