Markaziy Osiyo davlatlari tashqi kuchlar tomonidan bosimga uchrashda davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
«O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasiga tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraydi hamda bu mintaqada tinchlik, xavfsizlik va ishonchni o‘rnatish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda, - dedi u. - Afsuski, bugungi kunda mintaqa davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosim davom etmoqda. Ular Markaziy Osiyo davlatlarini milliy manfaatlarini inobatga olmagan holda tanlov oldiga qo‘yishga harakat qilmoqda».
Sankt-Peterburgdagi «Ekspoforume»da xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.