Rossiyada harbiy ro‘yxatga olingan fuqarolar reyestri tuziladi

Jahon 07:10 / 26.11.2022 2147

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan tegishli farmon huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilingan.

Shu bilan birga, Federal soliq xizmati va Rossiya Mudofaa vazirligiga "Rossiya Federatsiyasi aholisi, harbiylar, shuningdek, harbiy ro‘yxatga olinmagan, ammo harbiy ro‘yxatga olinishi shart va zaxirada bo‘lmaganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona federal ma’lumotlar reyestridan foydalangan holda, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarni aniqlashni amalga oshirish» topshirildi".

Bundan oldin Rossiya IIV chegarada xorijliklarning barmoq izlarini olishni taklif qilgandi.

Barmoq izlarini olish hozirgi paytdagi kabi migratsiya xizmati hududiy bo‘linmalarida emas, balki chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarida amalga oshirilishi kerak, deb hisoblamoqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi.

«Biz buni juda muhim protsedura deb hisoblaymiz. Albatta, kelajakda bularning barchasi nazorat-o‘tkazish punktlarida bo‘lishi kerak... Biz bu masalani tegishli idoralar bilan muhokama qilmoqdamiz», dedi Valentina Kazakova, Rossiya IIV migratsiya boshqarmasi raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda qariyb 3 million kishidan migratsiya bo‘limlarida barmoq izlari olingan.

Ko‘proq yangiliklar: