Jahon | 23:24 / 24.09.2022
14779
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi norozilik namoyishlarida 700dan ortiq odam qo‘lga olindi

21 sentabr kuni safarbarlikka qarshi namoyishlar chog‘ida 1307 kishi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Foto: Donat Sorokin / TASS

24 sentabr kuni Rossiyadagi safarbarlikka qarshi norozilik namoyishlarida 724 kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi «OVD-Info» huquqni himoya qilish loyihasi.

Ma’lumot berilishicha, Moskvada 333 kishi, Peterburgda 149 kishi, Novosibirskda 70 kishi qo‘lga olingan.

Xabarga ko‘ra, mamlakatning 32 shahrida qo‘lga olishlar amalga oshirilgan.

23 sentabr kuni Moskva prokuraturasi kelishilmagan ommaviy namoyishlarda qatnashishga chaqirish va qatnashish uchun javobgarlik belgilangani haqida ogohlantirgandi.

21 sentabr kuni safarbarlikka qarshi namoyishlar chog‘ida 39 ta shaharda kamida 1307 kishi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Mavzuga oid