Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
San-Fransiskoda deportatsiyaga qarshi 60 nafar namoyishchi qo‘lga olindi
San-Fransiskoda AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xodimlarining harakatlari tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklar chog‘ida 60 ga yaqin kishi hibsga olindi, deb xabar berdi shahar politsiyasi.

Foto: Mario Tama/Getty Images
San-Fransiskoda AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) reydlari natijasida yuzaga kelgan tartibsizliklar chog‘ida 60 ga yaqin kishi, jumladan, voyaga yetmaganlar qo‘lga olindi. Bu haqda 9 iyun, dushanba kuni shahar politsiyasining (SFPD) X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qilindi.
Hisobotda aytilishicha, 9 iyun oqshomida tinch namoyish zo‘ravonlikka aylanib, uning ishtirokchilari «hujum qilishdan tortib og‘ir vandalizm va mulkiy zararga qadar» jinoyatlar qila boshlagan. Keyin yig‘ilish noqonuniy deb topildi. «Ko‘pchilik hududni tark etgan bo‘lsa-da, bir nechasi qoldi va noqonuniy xatti-harakatlar qilishda davom etdi», deya bildirdi politsiya. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ikki ofitser hayoti uchun xavfli bo‘lmagan tan jarohatlari olgan, ulardan biri kasalxonaga yotqizilgan.
Namoyishchilarning kichik bir guruhi tartibsizliklarni davom ettirdi va politsiyaning tarqalish buyrug‘iga bo‘ysunishdan bosh tortdi. Keyin 60 ga yaqin odam qo‘lga olingan. «Odamlar har doim o‘zlarining Birinchi tuzatishga kiritilgan huquqlaridan foydalanish huquqiga ega (u so‘z, matbuot va yig‘ilishlar erkinligi huquqini e’lon qiladi), lekin zo‘ravonlik, ayniqsa San-Fransisko politsiyachilariga nisbatan hech qachon qabul qilinmaydi», — deya xulosa qildi politsiya.
AQSh federal hukumati antimigratsion reydlarga qarshi norozilik namoyishlari fonida Los-Anjyelesda joylashtirilgan milliy gvardiyachilar sonini ikki barobarga, ya’ni 4000 kishiga yetkazishga qaror qildi. Bu haqda Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom ma’lum qildi.
Milliy gvardiyaning yangi bo‘linmalaridan tashqari Kaliforniyadagi "Kemp-Pendlton" bazasidan 700 nafar dengiz piyoda askarlari ham Los-Anjyelesga yuboriladi. AQSh prezidenti ma’muriyati bu qarorni «federal xodimlar va binolarga nisbatan tahdidlarning kuchayishi» bilan izohladi, deb yozadi AFP.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

11:40 / 30.06.2025
Belgradda namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, barrikadalar qurmoqda

11:39 / 11.06.2025
Los-Anjyelesning bir qismida tartibsizliklar tufayli komendantlik soati joriy etildi

13:58 / 10.06.2025
Tramp norozilik namoyishlari tufayli Los-Anjyelesga qo‘shinlarni kiritishga chaqirdi

13:16 / 27.05.2025