O‘zbekiston sanoat eksporti diversifikatsiya darajasi baholandi 

O‘zbekiston 07:38 / 12.08.2022 2262

Qayd etilishicha, eksportni diversifikatsiya qilish eksport qilinadigan tovarlar miqdorini oshirish va eksport muvozanatli tarkibiga erishishni nazarda tutadi.

2010-2021 yillar oralig‘ini baholash natijalariga ko‘ra, sanoat mahsulotlari eksport diversifikatsiyasi indeksi 4,82 dan 5,76 gacha ko‘tarilgan. 2010 yilda sanoat mahsulotlari eksporti yarmi mineral yoqilg‘i va paxta hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2021 yilda ushbu mahsulotlar ulushi 22 foizni tashkil etdi.

Kimyo va farmatsevtika mahsulotlari eksport diversifikatsiyasi indeksi ham eksportda o‘g‘itlar ulushi 78,5 foizdan 43 foizga kamayishi va bir qator boshqa tovarlar eksporti hajmi oshishi hisobiga 1,56 dan 2,76 gacha o‘sdi.

To‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak guruhi eksport diversifikatsiyasi darajasi 1,21 dan 2,34 gacha o‘sishi paxta eksporti hajmi sezilarli darajada kamayishi va eksportdagi ulushi qisqarishi hamda qayta ishlash darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushi oshishi bilan bog‘liq.

Charm-poyabzal sanoatida eksport diversifikatsiyasi indeksi 1,67 dan 2,44 gacha oshdi. 2010 yilda tovar guruhi eksporti 75 foizi xomashyo ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2021 yilda tayyor charm mahsulotlari eksporti hajmi oshishi hisobiga 43 foizni tashkil etdi.

Mashinasozlik mahsulotlari eksport diversifikatsiyasi indeksi 2,04 dan 2,59 gacha oshdi. Eksportda yerusti transporti ulushi kamaygan, elektr mashinalar va uskunalar, mexanik asbob-uskunalar va shunga o‘xshash qurilmalar ulushi oshgan.

Xulosada bildirilishicha, O‘zbekiston sanoati eksportni kengaytirish va diversifikatsiya qilishda muvaffaqiyatlarga erishdi. Shu bilan birga, kelgusida yanada yaxshiroq natijalarga erishish uchun katta imkoniyat va zaxiralar mavjud. Bu zaxiralardan esa obektiv tarzda o‘zgarayotgan tashqi shart-sharoitlarga faol integratsiyalashuv orqali foydalanish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: