Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 aprel kuni elektrotexnika sohasida joriy yil birinchi chorakda qilingan ishlar va navbatdagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd qilinishicha, bu tarmoq mamlakat sanoatining drayverlaridan biri. So‘nggi yetti yilda eksport hajmi 7 barobarga o‘sgan va geografiyasi 63 ta davlatga yetgan. Hozirgi kunda tarmoqda 500 ga yaqin korxona bo‘lib, ularda 27 mingdan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.
Ushbu salohiyatni oshirish maqsadida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, investitsiyalar va xorijiy brendlarni jalb etish, tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.
Joriy yil birinchi chorakda tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 7 trillion so‘mdan oshgan. Qariyb 310 million dollarlik mahsulot eksport qilinib, bu ko‘rsatkich 1,3 barobar o‘sgan.
Taqdimotda ikkinchi chorakka va yil yakunigacha mo‘ljallangan asosiy rejalar aytib o‘tildi.
Joriy yilda ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yetkazish, qariyb 5 trillion so‘mlik mahsulotlarni mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan. Umumiy qiymati 656 million dollarlik 71 ta loyihani amalga oshirib, 4 ming 600 ta ish o‘rni ochish mo‘ljallangan. Eksport miqdori 1 milliard 700 million dollarga, geografiyasi 68 ta mamlakatga yetishi kutilmoqda.
Davlat rahbari dunyodagi iqtisodiy tebranishlar sharoitida elektrotexnika sanoatida ham rivojlanish trayektoriyasini to‘g‘ri tanlab, bozor talablariga tez moslashish muhimligini ta’kidladi. Mahalliylashtirishni chuqurlashtirib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish, zamonaviy texnologiyalarga munosib malakali kadrlar tayyorlash zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilarga tarmoqdagi har bir korxona bilan ishlab, sanoat va logistika zanjirlarida yuzaga keladigan masalalarni hal etish, eksport geografiyasini diversifikatsiya qilib, yangi bozorlar topish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
-
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi
Jahon | 12:35
-
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 12:22
-
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:15
Mavzuga oid

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025
«Surunkali qoidabuzarlar»: muntazam ravishda qoidabuzarlik qiladigan haydovchilarga jarimadan chegirma berilmaydi

16:28 / 09.07.2025