O‘zbekiston hukumati Chinoz neftni qayta ishlash zavodini sotish jarayonini boshladi

O‘zbekiston 10:19 / 12.08.2022 2982

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini 27 avgust kuni soat 18:00 ga qadar taqdim etish so‘ralgan.

Agar, birgalikda qo‘shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-konsultant ham ishini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko‘rsatilishi lozim.

“Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ – asosiy vazifasi neftni qayta ishlab benzin, kerosin, mazut, dizel yoqilg‘isi va moylarga aylantirishni tashkil etishdan iborat. Ushbu sanoat korxonasi yiliga 117 ming tonnadan ziyod uglevodorod xomashyosini qayta ishlash imkonini beruvchi zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan. 

Korxona markaziy ofisi Toshkent viloyati Chinoz tumani Oxunboboyev ko‘chasi, 125-uyda joylashgan. Korxona 2016 yil 11 avgust kuni faoliyatini boshlagan. Ustav fondi – 102 mlrd so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: