Sirdaryodan Tojikiston orqali Farg‘onaga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 10:48 / 11.08.2022 9525

Tez kunda Guliston shahrini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi “Guliston - Qo‘qon” (Tojikiston orqali) viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi xabariga ko‘ra, qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Guliston shahridan jo‘naydigan avtobus “Xovosobod” hamda Farg‘ona viloyati yaqinidagi “Andarxon” chegara bojxona postlari orqali Qo‘qon shahriga yetib boradi.

Avtobuslar Tojikiston hududida yo‘lovchilarni tushirishi va olishi mumkin emas. Yo‘lovchilarda esa xorijga chiqish pasporti bo‘lishi talab etiladi. 

Ushbu yo‘nalishning masofasi 264,3 kilometr bo‘lib, yo‘l haqi 50 ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: