O‘zbekiston elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekiston 10:20 / 10.08.2022 8273

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish yoki harbiy harakatlarda qatnashish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

“O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish va harbiy harakatlarda qatnashish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganidan ogohlantiradi”, deyiladi elchixona saytida e’lon qilingan maxsus press-relizda.

Diplomatik missiya O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 154-moddasiga (“yollanish”) ko‘ra, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanish jinoyat hisoblanishini ma’lum qildi. 

Ushbu harakatni sodir etganlik uchun o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish shaklida jazo belgilangan.

Elchixona O‘zbekiston fuqarolarini O‘zbekiston Jinoyat kodeksi yuqoridagi moddasi bo‘yicha sodir etilgan noqonuniy qilmish to‘g‘risida xolis axborot mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgan.

“Elchixona yurtdoshlarimizni provokatsiyalarga berilmaslikka, ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rishga chaqiradi”, deyilgan xabarda.

Bundan oldin Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklardan ziddiyatli hududlarga bormaslikni so‘ragandi.

Ko‘proq yangiliklar: