Suvsiz Bekat: bir piyola choy ichish mashaqqati

Jamiyat 20:12 / 07.08.2022 25408

70 yoshni qarshilayotgan Abduvali ota Qosimov uzoq yillar qishloq xo‘jaligi sohasida ishlagan, hozir nafaqada. U tomorqasida uzum, olma va o‘rik parvarish qiladi. Tovuq va mollariga qaragach, nevaralarini yoniga olib, uyga ichimlik suvi tashiydi.

Bugun ham nonushtadan so‘ng Abduvali ota suv idishlarni velosipediga bog‘ladi. Ikki xonadon narida yashaydigan jiyanining uyiga kirib, idishlarni mototsiklga joylab suvga jo‘nadi. Ota deyarli har kuni jiyanining mototsiklida 6-7 km yo‘l bosib suv tashiydi. Yoshi katta, velosipedida suv tashishga madori yetmaydi.

Uzoqdan suv tashish Abduvali ota yashaydigan Bekat ahlining kundalik turmush tarziga aylangan. Odamlar bir piyola choy ichish uchun mashaqqat bilan suv tashiydi. Shungadir, bu yerlarda odamlari mashinasini-da ichimlik suvida yuvadigan shaharlardan ko‘ra suvning qadri ancha baland...

Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri

Montaj ustasi: Abdusalim Abduvohidov.

Ko‘proq yangiliklar: