Putin Indoneziya prezidentiga u ilk bor Rossiyaga kelganini aytdi. Lekin ular olti yil avval Sochida uchrashishgandi

Jahon 11:32 / 01.07.2022 13238

30 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashdi. Muzokaralar Kremlda bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda, indoneziyaliklar rahbarining o‘zi aytishicha, u Putinga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan qandaydir nomani yetkazgan. Ammo hatto bu ham — muzokaralarning eng qiziqarli tafsiloti emas.

Indoneziya prezidenti Doko Vidodo va Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Chapda — ularning 2016 yilgi, o‘ngda — 2022 yilgi uchrashuvi.
Kollajda RF prezidenti matbuot xizmati va Vyacheslav Prokofevning fotosuratlaridan foydalanilgan / AFP / Scanpix / LETA

Ularning muloqotining Kreml saytida e’lon qilingan  rasshifrovkasidan bilish mumkinki, Putin o‘z chiqishi avvalida Indoneziya prezidenti ilk bor Rossiyada bo‘lib turganini aytgan:

«Hurmatli janob prezident! Sizni Rossiyada, Moskvada ko‘rib turganimdan juda xursandman. Bilamanki, bu sizning bizning mamlakatga qilgan ilk tashrifingiz», degan Putin.

Ko‘rinishidan Vladimir Putin adashgan yoki 2016 yil mayida ular Sochida uchrashishganini shunchaki unutib qo‘ygan. O‘sha uchrashuv haqidagi xabar RF prezidenti ma’muriyati saytida saqlanib qolgan. Olti yil oldingi suhbat boshida Putin indoneziyaliklar rahbarini «Rossiyada, Sochida» qabul qilganidan mamnunligini aytgan.

Indoneziya prezidentining Rossiyaga 2016 yilgi tashrifi OAVda keng yoritilgandi. Xususan, «Birinchi kanal» syujyetida shunday deyilgan: «Joko Vidodo Rossiyaga ilk bor kelib turgani ko‘rinib turibdi». Telekanalning ta’kidlashicha, Indoneziya prezidentini non va tuz bilan kutib olishganida, u tarjimonni diqqat bilan tinglagan, ammo ko‘rinishidan «ruslar an’analarini oxirigacha tushunmagan: u non bo‘lagini sindirib olgan, tuzga botirgan, ammo baribir uni yemagan».

Kremldagi bu safargi uchrashuvdan keyin esa Putin xatosini tuzatdi, u jurnalistlar qarshisida shunday dedi: «Bu janob Joko Vidodoning prezident sifatida bizning poytaxtimizga, Moskvaga ilk tashrifi».

Ko‘proq yangiliklar: