Qozog‘istonda mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari, chegara xizmati direktori Darxon Dilmonov hibsga olindi. Bu haqda «Sputnik Qozog‘iston» xabar berdi.
Qayd etilishicha, u bilan birga Olmaota oblasti bo‘yicha «Nur Joli» chegara nazorati bo‘limi sobiq boshlig‘i mayor N. Arisboyev va «boshqa shaxslar» ham hibsga olingan.
Ular Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi postlarda mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.
Yanvar oyida Qozog‘istonda yuz bergan tartibsizliklardan so‘ng mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq boshlig‘i Karim Masimov va uning uch nafar o‘rinbosari hibsga olingandi.