Birjada shakar narxi oy boshiga nisbatan 16,4 foizga oshdi

Iqtisodiyot 11:10 / 14.06.2022 20232

Joriy yil 1 iyun kungi tovar-xomashyo birja savdolariga qo‘yilgan bir tonna shakar narxi 12 500,1 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 10 iyun kungi birja savdolarida shakar narxi 14 554,5 ming so‘mga yetdi va oy boshiga nisbatan 16,4 foiz (2 054,4 ming so‘m)ga oshgan. Ushbu davr mobaynida shakar o‘rtacha narxi bir tonna mahsulot uchun 13 108,4 ming so‘mdan iborat bo‘lgan.

1-10 iyun kungi birja savdolariga jami 19 646,0 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, bir kunlik savdolarga o‘rtacha 2 455,8 tonnadan to‘g‘ri keldi. Oy boshida 3 000 tonna shakar birja savdolarida sotilgan bo‘lsa, 10 iyun kungi savdolarda 2 002 tonna yoki 33,3 foiz (998 tonna) kam shakar realizatsiya qilingan.

2022 yil iyun oyi dastlabki o‘n kunligida respublika tovar-xomashyo birjalarida sotilgan shakar minimal bahosi bir tonna mahsulot uchun 11 984,7 ming so‘mni, maksimal narxi 14 554,5 ming so‘mni tashkil etdi, o‘rtacha narx esa 13 108,4 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi.

Birja savdolarida taklif etilgan shakar eng kam hajmi 7-8 iyun kunlari (2000 tonnadan) kuzatilgan. Eng ko‘p hajmi (3072 tonna) esa 3 iyun kungi savdolarga to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr oralig‘ida bir kunlik savdolarda o‘rtacha 2 456 tonnadan shakar sotilgan.

Ko‘proq yangiliklar: