Startup school – o‘z startapini boshlamoqchi bo‘lganlar uchun

Jamiyat 20:00 / 02.06.2022 10347

IMPACT.T texnologik xabi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida 13-18 iyun kunlari Toshkent shahrida texnologik startaplarni yurituvchi va yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun olti kunlik trening o‘tkazmoqda. Taniqli tadbirkor, Newmax Technologies (Express24, MyTaxi, maxTrack, Workly, IMPACT.T.) asoschisi va bosh direktori Akmal Payziyev kurs treneri sifatida ishtirok etadi. Mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi. Trening 18:30 dan 21:30 ga qadar davom etadi.

Trening davomida siz quyidagilarni o‘rganasiz:

  • startapni ishga tushirishning barcha bosqichlari;
  • IT startaplari uchun marketing;
  • hamkorlar/investorlarni jalb qilish;
  • tadbirkorlik faoliyatini boshlashning huquqiy xususiyatlari;
  • jamoada ishlash va motivatsiya;
  • moliyaviy rejalashtirish va budjetlashtirish usullari;
  • biznesni rivojlantirish shakllari va modellari;
  • biznes ko‘rsatkichlari va boshqalar.

6 kunlik treningda qatnashib, siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • startapingizni ishga tushirish;
  • bozorni mustaqil ravishda kuzatib borish;
  • maqsadli auditoriyaning salohiyati va ehtiyojlarini, shuningdek, raqobat darajasini baholash;
  • biznes rejalashtirish asoslari;
  • kompaniyani tashkil etish va brending tuzilmasini ishlab chiqish usullari;
  • marketingni ilgari surish usullari;
  • investor bilan ishlash usullari;
  • jamoani tanlash, shakllantirish va rag‘batlantirish usullari.

Trening oxirida siz quyidagilarni olasiz:

  • Kursni tamomlaganlik haqida sertifikat;
  • Startap biznesni boshlashda foydali ko‘nikmalar;
  • Hamfikrlar o‘rtasida tarmoq yaratish.

Treningda ishtirok etish narxi 600 000 so‘m bo‘lib, oziq-ovqat xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Qolgan tashkiliy xarajatlar YTTB tomonidan qoplanadi.

Treningda ishtirok etish uchun 2022 yil 5 iyundan kechiktirmay quyidagi havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirishingiz kerak: Havola

*Joylar soni cheklangan, birinchi navbatda so‘rovnomani to‘ldirgan va qatnashish uchun to‘lovni kiritgan shaxslar qabul qilinadi.

Diqqat! Ushbu trening uchun tanlov asosida 40 ta grant o‘rinlar ham ajratilgan. Tanlovda ishtirok etish uchun 2022 yil 5 iyundan kechiktirmay quyidagi havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirishingiz kerak: Ro‘yxatdan o‘ting va motivatsiya xatini ilova qiling**

** Tafsilotlar ro‘yxatdan o‘tish formasida

Savollar bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin telefon: +99890 064 64 46

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: