Toshkentdagi Yodju texnika instituti bilan tanishamiz

Jamiyat 15:30 / 31.05.2022 13643

Shavkat Mirziyoyev 2017 yil noyabrida Koreya Respublikasiga borganida, ikki davlat vakillari Toshkentda Yodju texnika institutini ochishga kelishib olgan edi. 2018 yil 24 iyulga kelib, yangi oliygoh O‘zbekistonda rasman OTM sifatida litsenziya oldi.

Toshkent shahrida Yodju texnika institutining tashkil etilishi oliy xususiy ta’limda raqobat muhitining paydo bo‘lishi, yoshlarning o‘zlari hohlagan va zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishi, ta’lim va sanoatning bog‘lanishi hamda ta’limga oid boshqa masalalarning ijobiy yechimiga olib keladi.

oo0FEXBWvQJeXPnHjt6cpTbeGsCbcyUh.jpg (1280×720)

Institut – zamonaviy jihozlangan, axborot-resurs bazasi doimiy ravishda yangilab turiladi. Dars berish uchun malakali professor-o‘qituvchilar saralab olingan. Ular qatorida Buyuk Britaniya, AQSh, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlardan kelgan mutaxassislar ham bor. Ko‘plab mahalliy professor-o‘qituvchilar esa Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQShning yetakchi universitetlari diplomlariga ega.

Yodju texnika instituti talabalari almashinuv dasturlarida hamda qo‘shma yoki ikki tomonlama diplom olish dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega.

Talabalar 2+2 modeli bo‘yicha almashinuv dasturlarida ishtirok etishlari, ya’ni ikki yil Toshkentda o‘qib, so‘ng ikki yil Koreyadagi oliygohlarda o‘qishini davom ettirishi hamda bir nechta diplom egasiga aylanishi mumkin.

Xullas, Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti xalqaro va do‘stona muhitda sifatli ta’lim olish uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ayni paytda yangi o‘quv yili uchun qabul jarayoni ketyapti. Batafsil ma’lumotlarni yuqoridagi tanishtiruv-ko‘rsatuvi, institutning rasmiy sayti va +998 78 129 40 40 raqami orqali olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: